Главная / Химия / открытый урок на тему

открытый урок на тему

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

BUXORO VILOYAT XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

Bhello_html_m2d7312b0.gif

4

UXORO DAVLAT UNIVERSITETI QOSHIDAGI

Shello_html_m817e308.gifON AKADEMIK LITSEYI



hello_html_m499b4912.gif







Mavzusi bo’yicha ochiq dars ishlanmasi


Tuzdi: Kimyo fani o’qituvchisi

Gulamova M.B.




20 y

DARS SHIORI:

Bilim – kuch, kuch esa bilimdandir!

hello_html_7b2ee733.png




DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI


Mavzu

Kimyoviy bog’lanish turlari. Kovalent bog’lanish.

Maqsad va

vazifalar

Maqsad:Kimyoviy bog’lanish turlari va turli kimyoviy bog’lanishli moddalarning empiric, electron, struktura formulalarini tuzishni o’rgatish, molekula modellarini yasash orqali bilimlarini mustahkamlash, o’quvchilarni kompyuter bilan muloqot qilishga o’rgatish, talabalarda turli kimyoviy bog’lanishli moddalarning amaliy ahamiyati asosida ishlatilishi, ta’lim tarbiya va kasbiy yo’llanma berish

Vazifalar: Talabalarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg’otish, ularda mavzuga mos bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, guruh bilan ishlashda talabalar bilimini nazorat qilish, o’quvchilar bilimini baholash

Davlat Ta’lim Standarti talablari

Bilim ion, metall, kovalent bog’lanish tushunchasiga ega bo’lish

Ko’nikma empiric, electron, struktura formulalar tuzish, turli bog’lanishli moddalarni farqlay olish ko’nikmalarini hosil qilish

Malaka qutbli va qutbsiz kovalent bog’lanishga doir mashqlarni mustaqil bajarish malakalarini hosil qilish

O’quv jarayonning mazmuni

O’tilgan mavzular va nisbiy elektrmanfiylik mavzusiga doir tushunchalar tahlilini o’tkazish, Kimyoviy bog’lanish turlari mavzusiga doir asosiy tushunchalar olish, mavzularni slaydlar orqali o’rganish, qora quti didaktik o’yin orqali guruhlar ishini faollashtirish, shar sterjenli molekula modellari bilan ishlash, og’zaki savol-javob va Venn diagrammasi bilan ishlash

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Venn diagrammasi, tushunchalar tahlili, didaktik o’yin”Qora quti”

Vosita: kadaskop uchun slaydlar, proektor, kompyuter, didaktik materiallar, shar sterjenli atom modellari, distillangan suv,

Usul: mashq va algoritm yechish;

Nazorat: o’z-o’zini nazorat qilish,savol-javob o’zaro kuzatish

Baholash: 5 balli tizimda baholash, guruhlarni rag’batlantirish

Kutiladigan natijalar

O’qituvchi : qisqa vaqt ichida o’quvchilarga ko’p ma’lut beradi; o’quvchilarning faolligini oshiradi o’quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg’otadi

Talaba: tajribalar bajarish orqali nitrat kislota mavzusiga doir bilimini mustahkamlaydi, guruh bilan hamkorlikda ishlashni, o’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Qisqa vaqtda ko’p ma’lumotga ega bo’ladi.

Kelgusi rejalar (tahlil va o’zgarishlar)

O’qituvchi : O’z ustida ishlaydi, darsni noan’anaviy usulda olib boradi, darslarda yangi pedagogic texnologiyalarni qo’llaydi

Talaba: mavzu yuzasidan mashq va masalalarni mustaqil bajara oladi. Mavzuga mos qo’shimcha ma’lumotlar to’playdi, o’z fikri va guruh fikrini tahlil qiladi


MASHG’ULOT BOSQICHLARI


Bosqichlar

Mazmuni

Metodlar

Vaqti

1-bosqich

Tashkiliy qism

Salomlashuv, darsning olib borish uslubini talabalarga tushuntirish, nishonlayotgan yilning nomi

Og’zaki

daq

2-bosqich

O’tilgan mavzular bo’yicha bilimlarini umumlashtirish

O’tilgan mavzular bo’yicha bilimlarini mustahkamlash maqsadida tushunchalar tahlili tarzida o’tkaziladi

Yozma bajariladi va ekspert guruhlariga beriladi

daq

3-bosqich

Uy vazifasini tekshirish

Qatorlardagi varianti talabalariga elektrmanfiylikning o’zgarib borishiqatori berilib unda ortadi yoki kamayadi tarzidagi javobni yozib qo’yiladi

Taqqoslash metodi

daq

4-bosqich

Yangi mavzu uchun zamin yaratish

Qora quti o’yini o’tkaziladi

Mantiqiy fikrlashga da’vat

Shar sterjenli atom model

daq

5-bosqich

Yangi mavzuni o’rganish


1.Kimyoviy bog’lanish turlari

Kadoskop slaydlari No=7

daq

2.Qutbsiz kovalent bog’lanish

Algoritm tuzish

daq


3. Qutbli kovalent bog’lanish

6- bosqich

Yangi mavzuni mustahkamlash


Qutbli va qutbsiz kovalent boglanishli moddalarni farqlay olishi

Venn diagrammasi

Power Pointda prezentasiya ko’rinishda

daq

7-Bosqich

Darsni yakunlash

Darsni xulosalash va yakunlash, g’olib guruhni aniqlash, talabalar bilimini baholash, uy topshirig’ini berish

O’quvchilarni rag’batlantirish

daq







Guruh:

Fan: Kimyo

Sana:

Darsning mavzusi: Kimyoviy bog’lanish turlari. Qutbli va qutbsiz kovalent bog’lanish


Darsning maqsadi:

Ta’limiy

Tarbiyaviy

Rivojlantiruvchi

Kimyoviy bog’lanish turlari, qutbsiz va qutbli kovalent, electron va empiric formulalar tuzilishi haqida ilmiy tushuncha berish

o’quvchilarning ilmiy – materialistik va abstract fikrlash tafakkurlani shakllantirish; nitrat kislotaning olinishi va ishlatilishi asosida kasbiy yo’llanma, iqtisodiy va ekologik tarbiya berish

mantiqiy fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini, reaksiya tenglama tuzish ko’nikma va turli bog’lanishli moddalarni farqlay olish malakalarini rivojlantirish


Davlat Ta’lim Standarti talablari asosida


Bilish!

Ion, metall, kovalent bog’lanish, valentlik, qutblilik

Qila olish!

Qutbli va qutbsiz kovalent bog’lanishli moddalarning tuzilish va empiric formulalarni tuza olishi, moddalarning bog’lanish turiga qarabfarqlay va xossalarini taqqoslay olishi


Dars tipi: Yangi bilim berish va o’tilgan mavzular bo’yicha bilimlarini umumlashtirish

Dars shakli: guruhda va yakka tartibda ishlash

Dars uslubi(metodi): suhbat; didaktik o’yinlar (Qora quti), tushunchalar tahlili, kodoskop bilan ishlash, Venn diagrammasini tuzish, slaydlar taqdimoti, shar sterjenli atom modellarini tuzish

Jihoz va reaktivlar: proektor, kodoskop, shar sterjenli model,

Tayanch so’zlar: valentlik, elektrmanfiylik, energetic pog’onachalar, kovalent bog’lanish

Doskada: Dars shiori : Bilim – kuch, kuch esa bilimdandir


Darsning borishi

I Tashkiliy qism

  1. salomlashuv, davomad

  2. navbatrchilik va auditoriyaning tozaligi

  3. darsning oltin qoidalari

  4. Kimyo darsiga tayyorgarlik: darslik, daftar

  5. 2011 yilni O’zbekiston va Butun dunyo qanday yilni nishonlayapti?

O’zbekiston :Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish

Mustaqillikning 20 yilligi

Butun Dunyo: Kimyo yili


II O’tilgan mavzuni mustahkamlash

  1. 5- daqiqali Tushunchalar tahlili

Oq qog’ozlarda har bir qatordagi I va II varianda o’tirgan o’quvchilarga oldindan orqaga qarab varaqalar yuboriladi. Shu varaqlarda quyidagi namuna boyicha atamalar yoki ularning izohi yoziladi.

hello_html_m34b6cab0.gif

I variant II variant

1. Atom- 1.Molekula-

2. Valentlik- 2. Nisbiy elektrmanfiylik-

3. Oddiy modda- 3 . Murakkab modda-

4. Birikish reaksiyasi 4 Ajralish-

5. Oksid 5 Asos-

6. Osh tuzi 6 Karbonat angidrid










Ekspert guruhlar 1 ball bilan baholaydilar.


III Uy vazifasini tekshirish

Shu varaqning o’zida elektrmanfiyligi o’zgarib boradigan qatorda ortishi yoki kamayishi belgilansin.

hello_html_m34b6cab0.gif

I variant II variant

1. Na, K, Rb, Cs- 1.Cs, Rb, K, Na-

2. Li, Be, B, C- 2. C, B, Be, Li

3. O, S Se, Te- 3 . Te, Se, S, O-

4. Si, P, S, Cl- 4 Cl, S, P, Si

5. Ca, Sr, Ba, Ra 5 Ra, Ba, Sr, Ca-

6. Al, Mg, Ca, Sr 6 Sr, Ca, Mg, Al












IV Yangi mavzuni o’rganish uchun zamin yaratish

Qora quti o’yini o’tkaziladi

O’quvchilarga savol tashlanadi: DIQQAT!!! Qora qutida noma’lum modda va uning molekula modeli berilgan. Bu modda har bir tirik hujayraning asosiy tarkibiy qismidir. U inson qonining 90%, muskullarning 75%, suyaklarning 28%, ko’z soqqasining 99% ini tashkil etadi. Inson organizmi 12% ini yo’qotsa, moddalar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Bu modda miqdorining 25 % ga kamayishi organizmining halok bo’lishiga olib keladi.

Qora qutida qanday modda bor? Javob: SUV

O’qituvchi: Demak suv 2 atom vodorod va 1 atom kisloroddan iborat bo’lib bu atomlar suv molekulasida qanday bog’lar orqali bog’langanligini yangi mavzumizda ko’rib chiqamiz.


V Yangi mavzu doskada yoziladi

Dars mavzusi: Kimyoviy bog’lanish turlari. Kovalent bog’lanish

Reja: 1.Kimyoviy bog’lanish turlari

2. Qutbsiz kovalent bog’lanish

3. Qutbli kovalent bog’lanish


  1. Kimyoviy bog’lanish turlari Kadoskopda slayd taqdimoti asosida tushuntiriladi


Kimyoviy bog’lanish Ion, Kovalent, Metall, Vodorod bog’lanishlardan tarkib topgan

Ion bog’lanish – ionlar orasida hosil bo’lib, unga osh tuzi misol bo’la oladi.

Metall bog’lanish – metal atomining musbat ioni va undan sakrab chiqqan elektronlar buluti orasidagi elektrostatik bog’lanish orqali hosil bo’ladi. Unga Cu, Fe, Na, K kabi lar misol bo’la oladi.

Valentlik nima? Savoli o’rtaga tashlanadi. U haqida nima bilasiz.

Kovalent bog’lanish “ko”-birgalikda, “valent”-kuch degan ma’nolarni anglatib, umumlashgan electron juftlari vositasida birikkan atomlar orasida hosil bo’ladi.

Har bir element atomining elektronlar bo’yicha taqsimlanishi guruh raqamiga qarab kompas shaklida avval 1tadan so’ng juftlashtirib yoziladi:

. .

.C . . N: toq elektronlar juftlashishga harakat qiladi.

• •

N≡N ya’ni N :: N

Kovalent bog’lanish 3 turga ajratiladi. Shulardan 2 tasini bugun ko’rib chiqamiz. Ularga qutbsiz kovalent bog’lanish va qutbli kovalent bog’lanish kiradi.

Qutbsiz kovalent bog’lanish elektmanfiyligi bir xil atomlar orasida hosil bolib, unga H2, PH3 kabi moddalar kiradi.

2,1-2,1=0 2,1-2,1=0

H-H P -H3

Qutbli kovalent bog’lanishli moddalar elektrmanfiyligi qisman farq qiladigan atomlar orasida sodir bo’ladi:

2,1-3,5=1,4

H 2 O

H2O H – O – H H : O: H

Empirik Tuzilish Elektron

2)Shar sterjenli 3 ta qatordan 3 ta o’quvchi doska oldida PH3 , CO2, N2 molekulalarning shar sterjenli modellarini yasay olishlari kerak komandaga 1 ball olib berishadi.

3)Algoritm tuzishni o’rgatish va qo’shimcha algoritm berish


VI Yangi mavzu bo’yicha olgan bilimlarini mustahkamlash

Power Point programmasida tuzilgan Venn diagrammasi namoyish etiladi

  • O’quvchilar mustaqil daftarlarida bajaradilar va o’zaro tekshirishni slayd oxirida chiqadigan javob asosida bajaradilar


Darsni yakunlash va baholash


Xulosa: Dars davomida kimyoviy bog’lanish va uning turlari, qutbli va qutbsiz kovalent bog’lanishli moddalar bilan tanishib chiqildi. Kovalent bog’lanishning hosil bo’lishini tushuntiradigan algoritm tuzildi.


T/R

Baholash mezonlari

Guruh bali

O’quvchi bali

1

O’tilgan mavzuni umumlashtirish asosida to’plangan ball

10

1 balldan

2

Uy vazifasini tekshirish

10

1balldan

3

Molekulalar modelini yasash

3

Rag’bat

4

Venn diagrammasi


1 ball

5

Algoritm tuzish


2 balldan

Jami 5 ball to’plagan o’quvchi 5 baho bilan baholanadi. G’olib komanda aniqlanadi.

Komandalarga sovg’a beriladi.

Uy vazifa doskada yoziladi:

izohi Kimyoviy bog’lanish va uning turlari haqida tushunchalarini mustahkamlash maqsadida______ betdagi ma’lumotlarni o’qish.

Tayanch iboralarga izoh berish. Masalan: ion bog’lanish- bu ….. ta’rifi keltiriladi, qutblilik – qarama qarshi ishorali tomonlarga ega bo’lish xususiyati

NH3 elementning algoritmini tuzish



открытый урок на тему
  • Химия
Описание:

Этот открытый урок написан на узбекском языке для учащихся лицеев и среднеобразовательных школ. в нем содержится технологическая карта урока, новые педагогические технологии. Также вы  можете ознакомится с методом использования диаграммы Венна. Данный конспект содержит этапы урока расписанные по времени. также введена цель урока: воспитательная, образовательная, развивающая. Урок основан по требованим ГОСС стандарта, множно ознакомится с ключевыми словами, необходимыми оборудованиями, опрос по определениями химических понятий, также дидактические игры как "Черный ящик"

Автор Гуламова Мохигул Бахтиёровна
Дата добавления 03.01.2015
Раздел Химия
Подраздел
Просмотров 1030
Номер материала 22719
Скачать свидетельство о публикации

Оставьте свой комментарий:

Введите символы, которые изображены на картинке:

Получить новый код
* Обязательные для заполнения.


Комментарии:

↓ Показать еще коментарии ↓