Главная / Начальные классы / 3-sinf o’qish fanidan dars ishlanmasi "Sinfdan tashqari o’qish.Muhammad Yusuf hayoti va ijodi."

3-sinf o’qish fanidan dars ishlanmasi "Sinfdan tashqari o’qish.Muhammad Yusuf hayoti va ijodi."

Документы в архиве:

211 КБ O'qish-3-s.doc

Название документа O'qish-3-s.doc

O’zbekiston Respublikasi
Sirdaryo viloyati Mirzaobod
tumani 1-sonli maktabning
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Axrorova Gulsaraning
3-sinf o’qish fanidan
dars ishlanmasi.




hello_html_2010d7da.gif



hello_html_mde76aff.jpg

3-sinf . O’qish

  1. Mavzu :Sinfdan tashqari o’qish.

  2. Muhammad Yusuf hayoti va ijodi.




II.Maqsad :

1.Ta'limiy maqsad: Oquvchilarga Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida malumot berish;

2. Tarbiyaviy maqsad :Oquvchilarni ozbek adabiyotiga qiziqish ruhida tarbiyalash;

3 Rivojlantiruvchi maqsad. Oquvchilarda milliy adabiyotimizga nisbatan faxr tuygularini rivojlantirish.

III.Jihoz: Darslik , M. Yusuf rasmlari ..

M.Yusuf zamondoshlari rasmlari.

IV.Darsning uslubi: suhbat, munozara .

V. Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism. Sinf tozaligi va o’quvchilarning darsga tayyorgarliklarini kuzatish. O’tilgan mavzuni eslash uy vazifalarini tahlil qilish.O’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb qilish maqsadida ularga savollar bilan murojaat qilish:

- O’zbek adabiyoti deganda sizning ko’z oldingizga qaysi adiblar keladi?

- Muhammad Yusuf qaysi adiblar bilan zamondosh bo’lgan ?

-Muhammad Yusuf haqida gap ketganda yana qaysi adiblar eslanadi?

-Muhammad Yusufni qaysi she’rlari orqali taniysiz, yaxshi ko’rasiz?

2. O’quvchilar fikrlari umumlashtiriladi va adibning hayoti va ijodiga taalluqli ma’lumotlar bilan tanishtiriladi. Bunda avval o’quvchilar bilgan ma’lumotlarni aytadilar, so’ngra darslikdagi va qo’shimcha ma’lumotlar asosida ularning fikrlari umumlashtiriladi:

Muhammad Yusuf 1954- yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunch Nechun qulluq qilmay Andijonga men-

qishlog’ida tug’ilgan. Uning oilasi oddiy mehnatkash, zahmatkash odamlar oilasida tug’ilgan.Shoir o’z bolaligi o’tgan qishloqni keyinchalik hayajon bilan eslab :

Nechun qulluq qilmay Andijonga men-

Shu yurtda tug’ildim , shu yurtda o’sdim.

Ag’ar do’stim bo’lsa, bitta u do’stim-

Nechun qulluq qilmay Andijonga men!..

deb yozadi bir she’rida.

O’rta maktabni tugatgach Muhammad Yusuf Toshkentdagi Rus tili va adabiyot institutiga o’qishga kiradiva uni 1978-yilda tugatadi. Uning dastlabki she’rlaridan namunalar1976-yilda “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida chop etiladi.

Bu paytlar o’zbek adabiyoti yangi yuksalish pog’onasiga ko’tarilgan,Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Xurshid Davron kabi ko’plab iste’dodlar orasida o’ziga xos ijodiy kurash maydoniga aylangan edi. Bu kurash maydoniga dadil kirib boorish, o’ziga mos o’rinni egallash oson ish emas edi. Bu ishning uddasidan chiqaolgan, adabiy jamoatchilik nazarini o’z tomoniga qarata oigan shoirlardan biri Muhammad Yusuf edi. (Shoirning vafoti munosabati bilan Prezidentning Shoirning onasiga yo`llagan maktubi o`qib o`tiladi. )

Muhammad Yusuf she’riyatning turli yo’nalishlarida esda qolarli asarlar yaratayotgan qalamkash do’stlari , ustozlari orasida o’zini shoir sifatida isbot qilishga astoydil harakat qildi:

Shoir shunday ko’pki , ularga yer tor,

Hammasi mashhur va hammasi nomdor,

Ulug’vor , ularga hammasi nomdor,

Ammo ularga yetmoq ko’p dushvor .

Turganda osmonin bag’rida ilk bor

Biz olib borgaymiz tuproq isini ,

Gulday dimog’iga tutamiz qizim,

Biz hali hammadan o’tamiz qizim!..

Garchi uning she’rlari vaqtli matbuotda tez-tez chop etilib turgan bo’lsa-da , birinchi she’riy to’plami nisbatan kech – 1985- yildagina e’lon qilinadi. Shundan keyin shoirning “Bulbulga bir gapim bor”, “Iltijo, Uyqudahi qiz “, “ Halima enam allalari “, “ Ishq kemasi “, “ Ko`nglimda bir “, “ Bevafo ko`p ekan “, “ Erka kiyik “, “ Yolg’oncji yor “ , “ Osmonlarga olib ketaman “ singari o`nlab she’riy majmualari o`quvchilar qalbiga etib bordi. U yirik poetik janrlarda ham ijod etib , “ Osmonning oxiri “, “ Qora quyosh “ , singari dostonlar yaratdi.


Yurtimizning mustaqillikka erishgani Muhammad Yusuf ijodida yangi ufqlarni ochdi. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go`zal she’rlari o`zining samimiyligi, soddaligi, badiiiy mukammalligi bilan millionlar qalbida aks sado berdi. Shoirning “ Vatanim “, “ Xalq bo`l, elim “, “ Dunyo ‘, “ Inshoolloh “ ,” O`zbekmomo “, “ Iqror “ ,” Tilak” singari o`nlab she’rlari chinakam she’riyat yurtni qanday kuylamog’i kerakligini isbotlagan asarlar bo`lib qoldi.


3.( Muhammad Yusufning ovozi videorolik orqali eshittiriladi. )

Istiqlol yillarida erishgan ijodiy yutuqlari uchun Muhammad Yusufga 1998- yilda “O`zbekiston xalq shoiri “ unvoni berildi .

Muhammad Yusuf ijodi keyingi davro”zbek qo`shiqchiligi uchun muhim o`rin tutadi. Milliy san`atimizning eng yirik va zabardast vakillaridan tortib, havaskor qo`shiqchilarigacha shoir she`rlarini kuyga soladilar.


4.O`quvchilarga Muhammad Yusuf she`rlari bilan aytiladigan qo`shiqlardan namunalar ayttiriladi. Masalan : “Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor’’,”Erka kiyik”,”Mehr qolur, muhabbat qolur”, “Vatanim” she’rlari qo’shiq qilib ayttiriladi.


Muhammad Yusufning hayoti juda qisqa bo`ldi. U 2001- yilning 31- avgustida Qoraqalpog`istonning Ellikqa`la tumanida qilingan ijodiy safar chog’ida yuzlab muxlislari qarshisida she’r o`qiyotgan paytda yurak xurujidan vafot etdi. Xuddi Boburdek, Shavkat Rahmondek Muhammad Yusuf ham bor yo`g’i 47 yil umr ko`rdi. Biroq bu umr bir shoirning tug’lishi kamol topishi, o`zini voyaga yetkazgan yurt va millatga samimiy va ixlos ila xizmat qilib, ortidan yaxshi nom qoldirishi uchun kifoya qildi.

5. Shoir she’rlaridan namunalar o`qiladi . O`quvchilarning ifodali o`qishlariga e`tibor etiladi. So`zlarning to`g`ri, xatosiz ,tinish belgilariga e`tabor bergan holda o`qishlarini kuzatish. O`quvchilarning barmoq vaznida oqish ohanglariga e`tibor etish.

6. Mustahkamlash .


Darsni yakunlash :

  1. baholash ; b) uyga vazifa Yusuf she’rlaridan namuna olish
























3-sinf o’qish fanidan dars ishlanmasi "Sinfdan tashqari o’qish.Muhammad Yusuf hayoti va ijodi."
  • Начальные классы
Описание:

II.Maqsad :

1.Ta'limiy maqsad: OquvchilargaMuhammadYusufhayotivaijodihaqidamalumot  berish;

  2. Tarbiyaviymaqsad :Oquvchilarniozbekadabiyotigaqiziqishruhidatarbiyalash;

  3 Rivojlantiruvchimaqsad. Oquvchilardamilliyadabiyotimizganisbatanfaxrtuygularini  rivojlantirish.

III.Jihoz:    Darslik , M. Yusuf rasmlari ..   

                  M.Yusuf zamondoshlari rasmlari.

IV.Darsning uslubi:      suhbat, munozara .

Автор Ахророва Гулсара Абдумажидовна
Дата добавления 30.12.2014
Раздел Начальные классы
Подраздел
Просмотров 4114
Номер материала 18163
Скачать свидетельство о публикации

Оставьте свой комментарий:

Введите символы, которые изображены на картинке:

Получить новый код
* Обязательные для заполнения.


Комментарии:

↓ Показать еще коментарии ↓