Главная / Начальные классы / 2-sinf o’qish fanidan dars ishlanmasi "Sinfdan tashqari o’qish. ( Kitob haqida maqollar o’rganish)"

2-sinf o’qish fanidan dars ishlanmasi "Sinfdan tashqari o’qish. ( Kitob haqida maqollar o’rganish)"

Документы в архиве:

494 КБ o'qish faro.doc

Название документа o'qish faro.doc





hello_html_1c5b9887.png


O’zbekiston Respublikasi
Sirdaryo viloyati Mirzaobod
tumani 1-sonli maktabning
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Axrorova Gulsaraning
2-sinf o’qish fanidan
dars ishlanmasi.



Mavzu : Sinfdan tashqari o’qish. ( Kitob haqida maqollar o’rganish)


Darsning maqsadi :

1) ta’limiy maqsad : to’g’ri ravon va ifodali o’qish malakasini takomillashtirish, kiobning yaratilishi, uning inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish ;

2) tarbiyaviy maqsad : o’quvchilarni kitob o’qishga qiziqtirish, uni asrash yo’llarini o’rgatish ;

3) rivojlantiruvchi maqsad : ravon, to’g’ri va ifodali o’qish malakasini rivojlantirish .

Darsning turi : yangi bilim beruvchi .

Darsning metodi : suhbat metodi .

Darsning jihozi : darslik, kitoblar ko’rgazmasi, testlar .

Darsning borishi .

O’tgan darsni takrorlash va mustahkamlash maqsadida suhbat uyushtirildi :

Qadimda kitob qanday asralgan ?

Hozir Italiyada noyob tarixiy kitoblar qanday asralyapti ? ( Bu ma’lumot oldingi darsda gapirib berilgan bo’ladi : suvning bug’lanishi, suv bosishi natijasida kitoblar nam tortib, mog’orlab ketayotgani uchun uni salafan qog’ozlarga solib, uning ichidagi havo chiqarilib, o’z holida saqlashga erishilyapti . )

a) “ Kim kitob ko’p o’qigan ? ” ( darsliklardan tashqari)

1 – variant . Kim ko’p ertak nomini aytadi ?

2 – variant . Kim ko’p ertak qahramonlari nomini aytadi ?

3 – variant . Kim ko’p hikoyalar nomini aytadi ?

Natijani hisoblash uchun o’qituvchi o’quvchilardan birini yordamga chaqirishi mumkin . Natija hisoblabib, g’oliblar taqdirlanadi .

b) “ Tez va soz ” o’yini . Bunda asosiy e’tibor kitob ta’mirlashga qaratiladi . 3 ta bo’sh partalardan har birining ustiga 1 tadan eskiroq kitob va ularni ta’mirlash uchun yelim, skotch, qaychi qo’yilib, uch o’quvchi taklif etiladi . Ularga vaqt belgilanadi . O’quvchilar esa olqishlab turishadi . G’olib o’quvchilar rag’batlantiriladi . ( Bu o’yinni qatorlararo ham o’tkazish mumkin . )

3. Yangi mavzuning bayoni . Kitob haqida quyidagicha suhbat o’tkaziladi :

1. Kitoblar qayerda turadi ? ( Kitob javonida .)

2. Kitob orqali biz nimalarni egallaymiz ?

( Bilimlarni egallaymiz .)

3. Kitobni nima uchun asrashadi ? ( Bolalar o’qishi uchun . Biz ham darsliklarimizni asrashimiz kerak . Kitoblar qimmat . Undan bizning ukalarimiz, singillarimiz ham foydalanishadi . Kitobga ko’p kishilarning mehnati singan .)

Bugun sinfdan tashqari o’qish darsida kitob haqidagi maqollar o’rganamiz.. hello_html_4d51a7f0.png

hello_html_m18380714.png

Kitob bilim bulog’i,

O’quvchining o’rtog’i.

4. Maqolni o’qib, mazmuni tushuntiriladi . O’quvchilardan bilgan maqollari so’raladi . Yaxshi bilgan o’quvchilar rag’batlantiriladi .

5. Boshqotirmani yechish :


















Javob : Kitob bilim manbayi .


6. Uyga vazifa : kitob haqida maqollar o’rganib kelish .

7. O’quvchilarning reytingini e’lon qilish .





2-sinf o’qish fanidan dars ishlanmasi "Sinfdan tashqari o’qish. ( Kitob haqida maqollar o’rganish)"
  • Начальные классы
Описание:

Mavzu :  Sinfdan tashqari o’qish. ( Kitob haqida maqollar o’rganish)

 

         Darsning  maqsadi :

         1)  ta’limiy  maqsad :  to’g’ri  ravon  va  ifodali  o’qish  malakasini  takomillashtirish, kiobning  yaratilishi, uning  inson  hayotidagi  ahamiyati  haqida  ma’lumot  berish ;

         2)  tarbiyaviy  maqsad :  o’quvchilarni  kitob  o’qishga  qiziqtirish,  uni  asrash  yo’llarini  o’rgatish ;

         3)  rivojlantiruvchi  maqsad :  ravon,  to’g’ri  va  ifodali  o’qish  malakasini  rivojlantirish .

         Darsning  turi :  yangi  bilim  beruvchi .

         Darsning  metodi :  suhbat  metodi .

         Darsning  jihozi :  darslik,  kitoblar  ko’rgazmasi,  testlar .

Автор Ахророва Гулсара Абдумажидовна
Дата добавления 30.12.2014
Раздел Начальные классы
Подраздел
Просмотров 5227
Номер материала 18152
Скачать свидетельство о публикации

Оставьте свой комментарий:

Введите символы, которые изображены на картинке:

Получить новый код
* Обязательные для заполнения.


Комментарии:

↓ Показать еще коментарии ↓